BLITS BO‘YICHA V «ZAKOVAT-GAMBIT» SHAXMAT CHEMPIONATINI O‘TKAZISH TARTIBI VA QOIDALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM


«Zakovat-Gambit» chempionati 3 (uch) bosqichdan iborat:

– hududiy saralash (12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston respublikasi, oflayn saralash);

– www.chess.com platformasi orqali saralash (onlayn saralash bosqichi);

– yarim final;

– final;

I. HUDUDIY SARALASH OFLAYN VA ONLAYN TURNIRLARINI O‘TKAZISH TARTIBI

                 ZAKOVAT-GAMBIT saralash turnirlari O‘zbekiston Respublikasining har bir hududida oflayn va chess.com platformasi orqali onlayn formatda o‘tkaziladi.

          Musobaqalar quyidagi reyting guruhlari bo‘yicha alohida taqsimlanadi:

• E guruhi — ZAKOVAT-GAMBIT (0–1599) — 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra reytingsiz hamda FIDE standart reytingi 1599 gacha bo‘lgan shaxmatchilar uchun. 

• D guruhi — ZAKOVAT-GAMBIT (1600–1999) — 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra FIDE standart reytingi 1600 dan 1999 gacha bo‘lgan shaxmatchilar uchun;

• С guruhi — ZAKOVAT-GAMBIT (2000–2199) — 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra FIDE standart reytingi 2000 dan 2199 gacha bo‘lgan shaxmatchilar uchun. 

   Hududiy oflayn saralash turniri shveysarcha tizim va FIDE qoidalari bo‘yicha 7 turda, 3 (daqiqa) + 2 (har bir yurish uchun soniya) tarzida o‘tkaziladi; 

Hududiy oflayn saralash bosqichi uchun ishtirokchilar onlayn gambit.zakovatklubi.uz saytidan orqali doimiy yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi va turnirning belgilangan boshlanish vaqtidan bir soat avval kelib, ishtirokini tasdiqlashi kerak. Aks holda, ishtirokchi turnirning qur’a jadvalidan olib tashlanadi.

 Hududiy oflayn saralash bosqichidan har bir hududning dastlabki 10 nafar shaxmatchisi, Toshkent va Samarqand shahridan esa 20 nafar shaxmatchi yarim finalda o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Hududiy oflayn saralash bosqichlar 2026-yil 19-22 oktabr kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi(turnir manzili va boshlanish vaqti qo‘shimcha e’lon qilinadi).

     Saralash turnirlarida o‘yinchi sifatida faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

 Tay-breyklar:

Agar ikki yoki undan ortiq o‘yinchi bir xil ochkoga ega bo‘lsa, o‘rinlar taqsimlanishi navbat tartibida quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlanadi:

 qisqartirilgan Buxgolts koeffitsienti 1

 Buxgolts koeffitsienti 

 o‘zaro uchrashuv natijasi

 g‘alabalar soni

 progressive ochkolar

II. ONLAYN SARALASH BOSQICHI

        Turnirning onlayn saralash bosqichi www.chess.com platformasida 2026-yil 24-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da bo‘lib o‘tadi. Onlayn saralash bosqichi uchun ishtirokchilar gambit.zakovatklubi.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tishlari zarur. Ro‘yxatdan 2026-yil 15-oktabr sanasiga qadar (shu kuni ham) o‘tish mumkin. Musobaqada faqat O‘zbekiston fuqarolari o‘yinchi sifatida, reytingi va yoshiga oid cheklovlarsiz, ishtirok etishlari mumkin. 

II.1. Roʻyxatdan oʻtish

Musobaqada qatnashishga talabgorlar, qo‘yilgan talablarga muvofiq (FIDE reyting, standart), www.chess.com saytida tegishli toifa bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan holda, “ZAKOVAT” shaxmat klubiga a’zo bo‘lishlari kerak.

Turnir quyidagi guruhlarda o‘tkaziladi:

A guruhi (ZAKOVAT-GAMBIT 2400) – 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, reytingi 2400 va undan yuqori bo‘lgan o‘yinchilar uchun, ular https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2026-group-a-2400  havola orqali ro‘yxatdan o‘tadilar;

B guruhi (ZAKOVAT-GAMBIT 2200-2399) – 2026-yil 1-oktabr holatiga koʻra, 2200 dan 2399 gacha reytingga ega o‘yinchilar uchun, ular https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2026-group-b-2200 havola orqali ro‘yxatdan o‘tadilar;

C guruhi (ZAKOVAT-GAMBIT 2000-2199) – 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 2000 dan 2199 gacha reytingga ega o‘yinchilar uchun, ular https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2026-group-c-2000 havola orqali ro‘yxatdan o‘tadilar;

D guruhi (ZAKOVAT-GAMBIT 1600-1999) – 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, 1600 dan 1999 gacha reytingga ega o‘yinchilar uchun, ular https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2026-group-d-1600 havola orqali ro‘yxatdan o‘tadilar;

E guruhi (ZAKOVAT-GAMBIT 0-1599) - 2026 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, reytingsiz va reytingi 1599 gacha bo‘lgan o‘yinchilar uchun, ular https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2026-group-e-0-1599 havola orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.

Shu bilan birga, musobaqaning har bir ishtirokchisi www.chess.com saytida o‘zining to‘liq ismi-sharifiga mos keladigan rasmiy loginga ega bo‘lishi kerak.

Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi ma’lumotlarni keltirgan holda ariza toʻldirish kerak: 

Ishtirokchining to‘liq ism-sharifi (pasportdagidеk ingliz tilida yoki FIDE ID ga muvofiq)

Jinsi (erkak/ayol)

Tug‘ilgan sanasi (yil,oy,kun)

Chess.com  saytidagi logini (nik)

FIDE ID kodi (raqami) (kod/raqam mavjud bo‘lsa)

FIDE reytingi (standart) (reytingga ega bo‘lsa)

Mobil telefon raqami (Telegram)

Yashash hududi

Email


II.2. Onlayn- saralash turnirini o‘tkazish

Oldindan ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchi 1 soat ichida har bir o‘yinchi Email manziliga shaxsan yuboriladigan havola orqali musobaqaga qo‘shilishi kerak.

Shuningdek, "o‘yin" - "turnirlar" - "kelajak" - "ZAKOVAT-GAMBIT (toifalar bo‘yicha)" ilovasi orqali o‘yinga mustaqil qo‘shilish mumkin bo‘ladi.

C, D va E guruhlari o‘yinini 2026-yil, 24-oktabr 19:00 da boshlaydi.

Saralash turnirida ishtirok etish uchun ishtirokchilar turnirga qat’iy belgilangan kuni 18:50 dan kechiktirmay kirishlari kerak. Soat 19:00da saralash turniri boshlanganidan keyin, tizim o‘yinchilarni qur’a tashlash jarayoniga qo‘sha olmaydi.

Turnirga jalb qilingan Arbitrlar, shuningdek, Antichiter komissiya a'zolari o‘yinning borishini kuzatib boradilar.

Saralash o‘yinlari C va D va E guruhlarida Shveytsar tizimi bo‘yicha 9 turdan iborat bo‘ladi. O‘yinlar Shveytsar tizimi bo‘yicha va qoidalarga ko‘ra 3 (daqiqa) + 2 (har bir yurish uchun soniya) tarzida o‘tkaziladi.

“Zakovat-Gambit” saralash turnirining yakuniy natijalari Antichiter komissiyaning tegishli xulosasi olingandan so‘ng, turnirning rasmiy sayti va kanallarida e’lon qilinadi.

Onlayn turnirda ishtirok etish uchun istalgan brauzerdan foydalanish mumkin.

Har bir o‘yinchi, butun turnirning borishi davomida ishlaydigan internet- aloqasi uchun shaxsan javobgardir. Turnir tashkilotchilari ishtirokchilarning texnik jihozlanishi va internetga ulanish tezligi uchun javobgar emas. Agar onlayn turnir davomida o‘yinchining akkaunti chess.com sayti tomonidan bloklansa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri https://support.chess.com/ sayt ma'muriyati bilan bog‘lanish zarur.

Har bir guruhda dastlabki 40 o‘rinni egallagan ishtirokchilar (jami 120 nafar ishtirokchi), 2026-yil 28-oktabr kuni «Zakovat Arena» binosida bo‘lib o‘tadigan “Zakovat-Gambit” yarim final turniriga o‘tadi.

Guruhlarning birortasida o‘yinchilar soni kam bo‘lsa, Tashkilotchilar boshqa guruhlardan ishtirokchilarni taklif qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.


Yarim final 2026-yil, 28-oktabrda bo‘lib o‘tadi.

Yarim final turnirida oflayn va onlayn saralash bosqichidan o‘tgan o‘yinchilar ishtirok etishlari mumkin.

O‘yinlar Shveysarcha tizim va FIDE qoidlari bo‘yicha 9 turda, 3 (daqiqa) + 2 (har bir yurish uchun soniya) tarzida o‘tkaziladi.

Tashkilotchi o‘z tanloviga ko‘ra qo‘shimcha ishtirokchilarni qo‘shish huquqiga ega.

Har bir turnirning dastlabki 20 nafar shaxmatchisi Finalda o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

O‘yin o‘tkaziladigan joy - «Zakovat arena» binosi. Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 4A-uy

Musobaqada faqat O‘zbekiston fuqarolari o‘yinchi sifatida qatnashishlari mumkin.

Tay-breyklar

Agar ikki yoki undan ortiq o‘yinchi bir xil ochkoga ega bo‘lsa, o‘rinlar taqsimlanishi navbat tartibida quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlanadi:

 qisqartirilgan Buxgolts koeffitsienti 1

 Buxgolts koeffitsienti 

 o‘zaro uchrashuv natijasi

 g‘alabalar soni

 progressive ochkolar

II.3. Аntichiter (g‘irromlikka qarshi) komissiya

Turnirda Аntichiter (g‘irromlikka qarshi) komissiya ishtirok etadi.

Аntichiter komissiya qarori bilan maslahatlardan foydalangan ishtirokchi turnirdan chetlashtirilishi mumkin.

Agar Аntichiter komissiya har bir guruhda dastlabki 20 o‘rinni egallagan ishtirokchilar o‘rtasida kimningdir shamasi va/yoki g‘irrom o‘yinning boshqa usullaridan foydalanishini aniqlasa, turnir tashkilotchilari ushbu ishtirokchilar uchun video-nazorat bilan qo‘shimcha o‘yin o‘tkazish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Shundan so‘ng Tashkilotchilar ushbu ishtirokchilarning "Zakovat-Gambit" final blits-turnirida ishtirok etishi bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qiladilar.

Boshqa barcha hollarda Аntichiter komissiyaning qarorlari qat’iy hisoblanadi va shikoyatlar qabul qilinmaydi.


III. FINAL

Shaxmat bo‘yicha «ZAKOVAT-GAMBIT» turnirining final o‘yinlari 2026-yil 29-30-oktabr kunlari «Zakovat Arena» binosida bo‘lib o‘tadi.

A guruhi (ZAKOVAT-GAMBIT 2400) – 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, reytingi 2400 va undan yuqori bo‘lgan o‘yinchilar uchun (o‘yinchilar soni - taklifnoma bo‘yicha 15 kishi);

B guruhi (ZAKOVAT-GAMBIT 2200) – 2026-yil 1-oktabr holatiga koʻra, 2200 dan 2399 gacha reytingga ega o‘yinchilar uchun (o‘yinchilar soni – 20 kishi);

C guruhi (ZAKOVAT-GAMBIT 2000) – 2026-yil 1-oktabr holatiga koʻra, 2000 dan 2199 gacha reytingga ega o‘yinchilar uchun (o‘yinchilar soni – 20 kishi);

D guruhi (ZAKOVAT-GAMBIT 1600) – 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, 1600 dan 1999 gacha reytingga ega o‘yinchilar uchun (o‘yinchilar soni -20 kishi);

E guruhi (ZAKOVAT-GAMBIT 0-1599) – 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, reytingi bo‘lmagan va reytingi 1599 gacha bo‘lgan o‘yinchilar uchun (o‘yinchilar soni -20 kishi).

Musobaqada faqat O‘zbekiston fuqarolari o‘yinchi sifatida qatnashishlari mumkin.


III.1. Kirish

3.1. “Zakovat-Gambit” final blits-turniri (keyingi o‘rinlarda Blits) tashabbuskori- NNT “Zakovat” intellektual klubi” hisoblanadi.

3.2. “SKY CHESS” Shaxmat klubi (keyingi o‘rinlarda Tashkilotchi deb yuritiladi) reglamentni tayyorlash, turnir tashabbuskori va ishtirokchilari bilan muloqotda bo‘lish uchun javobgardir.

3.3. Barcha kutilmagan holatlar yoki ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy qaror uchun Tashkilotchiga murojaat qilish zarur.

III.2. Blitsda ishtirok etish

III.2.1. Blitsda 2026 yildagi yarim final turnirida saralash bosqichidan o‘tgan o‘yinchilar ishtirok etishlari mumkin.

III.2.2. Tashkilotchi o‘zi tanlagan qo‘shimcha o‘yinchilarni kiritish huquqiga ega.

III.3. Blits qoidalari

III.3.1. Blitsda 2026 yildagi yarim final turnirida saralash bosqichidan o‘tgan o‘yinchilar ishtirok etishlari mumkin.

III.3.2. Tashkilotchi o‘zi tanlagan qo‘shimcha o‘yinchilarni kiritish huquqiga ega.

III.4. Turnir xonasi

3.4.1. Tashkilotchi o'yinchilar va akkreditatsiyadan o'tgan OAV vakillari uchun bepul kofe, choy va salqin ichimliklarni ta'minlaydi.

III.5. TURNIR JADVALI

Sana Hodisa Turlar Vaqt
29.10.2026 Kelish
Ro'yxatdan o'tish
13:30
29.10.2025 Ochilish marosimi 13:50
29.10.2025 Blitz - 1-kun 1-5 14:00
30.10.2025 Blitz - 2-kun 6-9 14:00
30.10.2025 Yopilish marosimi 18:00

*Vaqt taxminiy ko'rsatilgan. Agar birinchi o'rin uchun tay-breyk o'ynalsa yoki oxirgi o'yin sessiyasida kechikishlar yuzaga kelsa, marosim kechroq boshlanishi mumkin.

III.6. Qur'a tashlash va ranglar tanlanishi

3.6.1. Qur’a tashlash, Shveytsar tizimidagi musobaqalar uchun FIDE qur’a tashlash tizimiga muvofiq o'tkaziladi.

3.6.2. Boshlang'ich juftliklar ro'yxati uchun o'yinchining standart FIDE reytingi qo'llaniladi.

3.7. Vaqt nazorati

3.7.1. O'yinlar FIDE tomonidan tasdiqlangan elektron soatlar va taxtalar yordamida o'tkaziladi.

3.7.2. BLITS: 1-yurishdan boshlab, har bir yurish uchun 3 daqiqa + 2 soniya.

3.7.3. Turnirda kechikish vaqti ko‘zda tutilmagan. O‘zining birorta o‘yiniga kechikkan o‘yinchiga jarima solinmaydi.

3.8. G'alaba qozonish shartlari

3.8.1. Eng ko'p ochko to'plagan o'yinchi chempion hisoblanadi (har bir g'alaba uchun- 1 ochko, har bir durang uchun 0,5- ochko, har bir mag'lubiyat uchun- 0).

Agar 2 (ikki) yoki undan ortiq o'yinchi bir xil ochko to‘plasa, chempion 3.6.2.2- moddaga muvofiq tay-breykda aniqlanadi. Mukofot pullari bir xil ochkoga ega bo'lgan barcha o'yinchilar o'rtasida teng taqsimlanmaydi (3.6.2-moddaga qarang).

3.8.2. Tay-breyklar.

3.8.2.1. Agar ikki (2) yoki undan ortiq o'yinchi bir xil ochkoga ega bo'lsa, o‘rinlar taqsimlanishi navbat tartibida quyidagi mezonlar bo'yicha aniqlanadi:

Shveytsar tizimidagi turnirlar uchun:

  •  qisqartirilgan Buxgolts koeffitsienti 1
  •  Buxgolts koeffitsienti 
  •  o‘zaro uchrashuv natijasi
  •  g‘alabalar soni
  •  progressive ochkolar
  • A turniri uchun aylanma tizimda:
  •  Shaxsiy uchrashuv
  •  Zonneborn-Berger
  •  G‘alabalar soni

  • Barcha tay-breyklar FIDE Qo'llanmasining C.02.13 moddasida belgilanganidek hisoblanadi.

3.8.2.2. 1-o‘rin uchun durang natija qayd etilgan taqdirda (A turniri), chempion birinchi amaldagi tay-breyk mezoniga ko‘ra aniqlangan eng yaxshi ikki o‘yinchi o‘rtasidagi play-off matchida aniqlanadi:

Match birinchi yurishdan boshlab, har bir yurish uchun 3 daqiqa + 2 soniya vaqt nazorati bilan 2 (ikki) partiyani o‘z ichiga oladi. O‘yinni oq bilan boshlaydigan shaxmatchi qur'a tashlash orqali aniqlanadi.

Agar hisob hali ham tengligicha qolsa, shaxmatchilar bir partiya «Armageddon» o‘ynashlari kerak. Qur’a tashlashda yutgan o‘yinchi rang tanlashi mumkin. Oq donalarga ega bo‘lgan o‘yinchi 5 daqiqa oladi; qora donalarga ega bo‘lgan o‘yinchi 4 daqiqa oladi. Natija teng bo‘lgan (durang) taqdirda, qora donalarga ega bo‘lgan o‘yinchi g‘olib deb e'lon qilinadi.


3.9. Mukofotlar

3.7.1. Sovrin jamg‘armasi 620 million so‘mni tashkil qiladi. Sovrinlarni so‘mda taqsimlash (daromad solig‘idan tashqari)

A guruhi

1-o‘rin – 50 million so‘m

2-o‘rin – 30 million so‘m

3-o‘rin – 20 million so‘m

Ayollar o‘rtasida 1-o‘rin – 20 mln so‘m.


B guruhi

1-o‘rin – 50 million so‘m

2-o‘rin – 30 million so‘m

3-o‘rin – 20 million so‘m

Ayollar o‘rtasida 1-o‘rin – 20 mln so‘m.


C guruhi

1-o‘rin – 50 million so‘m

2-o‘rin – 30 million so‘m

3-o‘rin – 20 million so‘m

Ayollar o‘rtasida 1-o‘rin – 20 mln so‘m.


D guruhi

1-o‘rin – 50 million so‘m

2-o‘rin – 30 million so‘m

3-o‘rin – 20 million so‘m

Ayollar o‘rtasida 1-o‘rin – 20 mln so‘m.


E guruhi

1-o‘rin – 50 million so‘m

2-o‘rin – 30 million so‘m

3-o‘rin – 20 million so‘m

Ayollar o‘rtasida 1-o‘rin – 20 mln so‘m.

Eng yoshi katta ishtirokchi uchun maxus mukofot – 10 mln so‘m

Eng yoshi kichik ishtirokchi uchun maxus mukofot – 10 mln so‘m

3.10. O‘yin shartlari

3.10.1. Halol o'yinni (Fair-play) ta'minlash uchun, FIDEning yuqori darajadagi rasmiy musobaqalar uchun antichiter tavsiyalariga muvofiq choralar ko'riladi.

3.10.2. Bosh arbitr tomonidan ruxsat berilganlardan tashqari, haqiqiy o'yin maydoniga kirishga, faqat o'yinchilarga ruxsat beriladi. O'yinchi arbitr yoki styuard bilan muloqot qilishi mumkin.

3.10.3. O'yin o‘tkaziladigan joydagi o'yin sessiyasi vaqtida, o'yinchilarga Bosh arbitr maxsus ruxsat etmagan har qanday elektron moslamani olib yurish taqiqlanadi. Agar bu qoidaga amal qilmasa, o'yinchi joriy o'yinda yutqazadi.

3.10.4. O'yinchilar o'yin maydoniga o'yin bilan bog'liq bo'lmagan, har qanday tarzda raqibni bezovta qilishi mumkin bo‘lgan texnik va boshqa jihozlarni olib kirishlari mumkin emas. Bosh arbitr raqibga xalaqit beradigan begona uskuna nima ekanligini hal qilishi kerak.

3.10.5. O'yin davomida o'yinchi o'yin maydonini faqat arbitrning ruxsati bilan va unga hakamlardan biri hamrohlik qilgan taqdirdagina tark etishi mumkin. Ushbu qoida buzilgan taqdirda, bosh arbitr joriy o'yinni o'yinchi tomonidan yutqazilgan deb e'lon qilishi mumkin.

3.10.6. Tashkilotchi FIDE Tibbiy komissiyasi standartlariga muvofiq tibbiy protokol talablariga rioya qilishi kerak.

3.11. O'yinchining tashqi ko‘rinishi va o‘zini tutishi

3.11.1. Kiyinish qoidalariga qat'iy rioya qilinadi.

3.11.1.1. Erkaklar uchun dress-kod.

Poyabzal: oksfordlar, mokasinlar, charm poyabzal yoki etiklar, klassik lyuks tufli.

To'q rangli shimlar: qora, to'q ko'k, kulrang, qaymoqrang, jigarrang- har qanday holatda ham bir xil rangli. Yorqin rangli shimlar kiyilmaydi.

Ko'ylak ko'k, qora, ochiq ranglarda (oq, moviy, qaymoqrang, jigarrang va boshqalar), har qanday holatda, uzun yengli va bir xil rangli. Yorqin rangda kiyilmaydi.

To'q rangli kostyum, jilet yoki tugmali kardigan: qora, to'q ko'k, kulrang, qaymoqrang, jigarrang, har qanday holatda- bir xil rangli. Yorqin rangda kiyilmaydi.

Bo‘yinbog‘ taqish ixtiyoriy.

3.11.1.2. Ayollar uchun dress-kod.

Klassik poyabzal.

Shim yoki yubkali kostyum yoki ko'ylak, bir xil rangda bo‘lgani ma‘qul, lekin majburiy emas.

3.11.1.3. Futbolkalar, jinsi shimlar, shortilar, krossovkalar, beysbol qalpoqlari va boshqa nomuvofiq kiyimlardagi o'yinchilar o'yin maydoniga kiritilmaydi.

3.11.1.4. Nizo yuzaga kelgan taqdirda, kiyimning maqbulligi masalasi Bosh arbitr / Tashkiliy qo'mita a'zolari tomonidan hal qilinadi.

3.11.2. Zarurat tug‘ilsa, Bosh arbitr qo'shimcha texnik yig'ilish chaqirishi mumkin.

3.11.3. O'yinchilar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan barcha rasmiy tadbirlarda, jumladan, rasmiy qabullarda, ochilish va yopilish marosimlarida ishtirok etishlari kutiladi.

3.11.4. O'yinchilar OAV bilan hamkorlik qilishlari kerak. O'yinchilar har bir o'yindan so'ng, o‘sha zahotiyoq qisqa intervyular uchun tayyor bo'lishlari kerak.

3.11.5. O'yinchilar kundalik matbuot anjumaniga tayyor bo'lishlari lozim.

3.11.6. Tanlov g'oliblarining har biri yopilish marosimida ishtirok etishi shart.

3.11.7. G‘oliblar Tashkilotchi so‘ragan taqdirda musobaqa yakunlanganidan so‘ng yakuniy matbuot anjumanida qatnashishlari va “ZAKOVAT” klubi sayti uchun eksklyuziv intervyu taqdim etishlari shart.

3.12. Arbitrlar

3.12.1. Bosh arbitr (IA Marika Japaridze), bosh hakamning ikki o'rinbosari: juftlik tashkil qilish (qur'a tashlash) uchun mas'ul va o'yin halol borishi (Fair-play) uchun mas'ul- Tashkilotchi tomonidan tayinlanadi.

3.12.2. O'yin davomida o'yin maydonida Bosh arbitr yoki uning o'rinbosari hozir bo'lishi kerak.

3.12.3. Barcha o'yinlar ustidan oqilona nazoratni ta'minlash uchun Tashkilotchi 10ta (o'n) o'yin uchun kamida bir nafar arbitr yordamchisini tayinlaydi.

3.13. Apellyatsiya komissiyasi

3.13.1. Tashkilotchi Apellyatsiya komissiyasining raisi va Apellyatsiya qo‘mitasining 2 (ikki) a‘zosini tayinlaydi.

3.13.2. Apellyatsiya qo‘mitasiga barcha apellyatsiyalar yoki e‘tirozlar, tegishli o'yin sessiyasi yoki muayyan qoidabuzarlik ustidan shikoyat qilinganidan keyin, o'n besh (15) daqiqadan kechiktirmay yozma ravishda taqdim etilishi kerak.

3.13.3. «ZAKOVAT-GAMBIT» turniri final bosqichining har bir ishtirokchisi turnir davomida 3 tagacha apellyatsiya berish imkoniyatiga ega. Agar protest qabul qilingan bo'lsa, shikoyat qilish imkoniyatlari kamaymaydi. Apellyatsiya yoki protest rad etilgan taqdirda apellyatsiya berish imkoniyatlari soni bittaga (1) qisqaradi.

3.13.4. Apellyatsiya qo‘mitasi quyidagi masalalar yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin:

  • arbitrning qarori ustidan shikoyat qilish
  • o'yinchining hatti-harakatlariga norozilik bildirish;
  • Apellyatsiya qo‘mitasi dolzarb deb hisoblagan boshqa barcha masalalar.

3.13.5. Apellyatsiya qoʻmitasi shaxmat qonunlariga toʻliq mos keladigan va FIDEning “Biz hammamiz- bir oilamiz” shiori ruhida majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilishga intiladi.

3.13.6. Apellyatsiya qo'mitasi apellyatsiya yoki protest berilgandan keyin o‘n besh (15) daqiqa o‘tgach, o'z doirasida qaror qabul qilishga intiladi

3.13.7. Apellyatsiya komissiyasining har qanday nizo bo'yicha yozma qarori ushbu Qoidalarga nisbatan qat‘iy hisoblanadi.

3.14. Fotosurat va televideniye

3.14.1. O'yin maydonchasida faqat Tashkilotchi tomonidan maxsus ruxsat berilgan fotosuratchilar va suratga olish guruhi ishlashi mumkin.

3.14.2. Chaqnatishga (вспышка) ruxsat berilmaydi. Istisno tariqasida, faqat o'yin maydonining xususiyatlari fotosuratchilar o'yinchilardan olti (6) metrdan ko'proq masofada turishini taqozo qilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Bunday istisno holatlarda ham, chaqnatishdan faqat blits o'yinlarining birinchi daqiqalarida foydalanish mumkin.

3.14.3. Televizion kameralar ko'zga tashlanmaydigan bo'lishi kerak va faqat mas'ul hakam o'yinchilarga xalaqit bermaydi, deb hisoblagan taqdirdagina foydalanish mumkin.

3.15. Marosimlar

3.15.1. Ochilish marosimi 22.10.2025 «Zakovat-Arena» binosida bo‘lib o‘tadi.

G'oliblarni taqdirlash va turnirning yopilish marosimi 23.10.2025 «O‘zbekfilm» pavilyonida o‘tkaziladi.

3.15.2. Marosimlar dasturi Tashkilotchi tomonidan tasdiqlanadi.

IV. Ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

4.1. Turnirlar FIDE shaxmat o‘yini qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi. https://handbook.fide.com/chapter/E012023 

4.2. Barcha ishtirokchilar mazkur Nizom bilan tanishgan va uning qoidalariga rioya qilishga rozilik bildirgan deb hisoblanadi.

4.3. Mazkur Nizomda nazarda tutilmagan alohida va/yoki kutilmagan holatlarda turnir tashkilotchilari ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.