ZAKOVAT-GAMBIT

"ZAKOVAT-GAMBIT" shaxmat musobaqasida ishtirok eting!

Turnir mukofot jamg‘armasi — 620 000 000 so‘m!

Turnirning dastlabki onlayn saralash bosqichi 24-oktabr 19:00 da Chess.com saytida bo‘lib o‘tadi. Onlayn saralashda ishtirok etish uchun tegishli guruhga a'zo bo‘ling!

Turnirning hududlardagi saralashi o‘tkazish sanalari @zakovat telegram kanalida e'lon qilinadi.

Saralashda o‘z guruhida yuqori o‘rinni egallagan 40 nafar ishtirokchi "yarim final" bosqichiga yo‘l oladi. Ular o‘rtasidagi "yarim final" o‘yinlari 28-oktabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Hududiy oflayn saralash bosqichidan har bir hududning dastlabki 10 nafar shaxmatchisi, Toshkent shahri va Samarqand viloyatidan esa 20 nafar shaxmatchi yarim finalda o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Ishtirokchilar Chess.com saytidagi shaxsiy profili izohida o‘z familiya, ism va shariflarini yozishlari kerak.
Guruh havolalari:

A guruhiA guruhi - 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 2400 va undan yuqori FIDE reytingga ega bo‘lganlar ushbu havola orqali guruhga qo‘shiling:
https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2026-group-a-2400

B guruhiB guruhi - 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 2200-2399 FIDE reytingga ega bo‘lganlar ushbu havola orqali guruhga qo‘shiling:
https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2026-group-b-2200

C guruhiC guruhi - 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 2000-2199 FIDE reytingga ega bo‘lganlar ushbu havola orqali guruhga qo‘shiling:
https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2026-group-c-2000

D guruhiD guruhi - 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 1600-1999 FIDE reytingga ega bo‘lganlar ushbu havola orqali guruhga qo‘shiling:
https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2026-group-d-1600

E guruhiE guruhi - 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra FIDE reytingga ega bo‘lmagan yoki 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 1599 gacha FIDE reytingga ega bo‘lganlar ushbu havola orqali guruhga qo‘shiling:
https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2026-group-e-0-1599